Markaziy Bank raisi Fayzulla Mullajonov vafot etgan

Oʻzbekiston Markaziy Banki binosi Image copyright .
Image caption Fayzulla Mullajonov Markaziy Bankni 1991 yildan buyon boshqarib kelgan

23 may kuni Oʻzbekiston Markaziy Bankining raisi Fayzulla Mullajonov vafot etgan.

Markaziy Bankning Toshkentdagi idorasida ishlaydigan xodimlarning aytishlaricha, bugun Fayzulla Mullajonov ishga borgan va kun boʻyi ishlagan.

67 yoshli Markaziy Bank raisi oxirgi yillarda betob boʻlgani, shu xastalik uni olamdan olib ketgani xabar qilinmoqda.

Fayzulla Mullajonov 1991 yildan buyon Oʻzbekiston Markaziy Bankini boshqarib kelgan.

Mullajonov Fayzulla Maqsudjonovich 1950 yilda Sirdaryo viloyatida tugʻilgan.

U 1971 yili Toshkent Xalq xoʻjaligi institutini "Moliya va kredit" yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan.