Britaniyada yana hujum boʻlishi mumkinmi?

Salman Abidiy Image copyright 40023488
Image caption Hujumda gumon qilinayotgan Salman Abidiyning boshqa sheriklari ham boʻlishi mumkin.

Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey yangi "hujum ehtimoli muqarrarligini" aytmoqda.

Sababi - xavfsizlik kuchlari hujumchi, deb gumon qilinayotgan Salman Abidiyning yana boshqa sheriklari boʻlishi ham mumkinligini aytishgan.

Bosh vazir mamlakatdagi terror xavfi darajasi eng baland nuqtaga koʻtarilganini urgʻulagan.

Hozir mamlakat boʻylab muhim joylarni qoʻriqlash uchun yuzlab qoʻshimcha kuchlar safarbar etilgan.

Bosh vazir odamlarni ortiqcha vahimaga tushirishni istamasligini, lekin mavjud vaziyatda zaruriy javob choralari koʻrilayotganini aytdi.

Bir kun oldingi Manchester kontsert zalida sodir etilgan hujumda bolalar va oʻsmirlar doxil 22 odam nobud boʻlgandi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq