Кимнинг каклиги кучли?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Kimning kakligi kuchli?

Afgʻonistonning Maymana shahridagi kaklik va bedana urishtirish maydoni. Ishqibozlarning soʻzlariga koʻra, oxirgi yillarda Pokiston kakliklari Afgʻoniston kakliklari ustidan gʻalaba qozonmoqda.

BBC Oʻzbek muxbiri Shafeʼ Bek oʻgʻli tayyorlagan videolavha.

YouTube kanalimizdagi maxsus videoni tomosha qiling.

Afgʻonistonda kaklik va bedana urishtirish.

Bu Maymana shahridagi bedana va kaklik urishtirish maydoni.

Bu yerga qoʻshni tumanlardan kaklik urushtiruvchilar toʻplanadilar.

Oxirgi yillarda Pokiston kakliklariga eʼtibor kuchaygan.

Avval kaklik ham sayrashi va ham urishtirish uchun saqlangan.

Hozir Pokiston kakliklari Afgʻoniston kakliklari oʻrnini bosib olmoqda.

Pokiston kakliklarining jussasi kattaroq boʻladi.

Kaklik jangiga katta pul qoʻyiladi.

Ishqibozlar ikki guruhga boʻlinadilar.

Yutqazgan taraf gʻolib kaklik tarafdorlariga pul toʻlaydilar.

"Kaklik yoki bedana jangi daromad keltirmaydi", deyishadi kaklikboqarlar.

"Bu faqat ishqibozlik", deyishadi ular.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02