Алишер Усмоновнинг тупуриши Кремлга ёқиш учунми?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Alisher Usmonovning tupurishi Kremlga yoqish uchunmi?

Milliarder Alisher Usmonov muxolifatchi Aleksey Navalniyga yangi videomurojaat bilan chiqqan.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Alisher Usmonov Navalniyga birinchi videomurojaatini 18 may kuni eʼlon qilgandi.

Unda milliarder Navalniy jamgʻarmasining oʻziga qarshi ayblovlariga javob qaytargan.

Bunga qadar Usmonov Navalniyni mahkamaga bergandi.

Alisher Usmonov yana Aleksey Navalniyga murojaat qilib, mahkamada uning yolgʻon gapirayotganini isbotlash bilan poʻpisa qildi.

Usmonovni bu qadamga nima undamoqda?

"Bir tomondan Navalniy taqdim qilgan maʼlumotlar Usmonovning shaʼni va obroʻsiga dogʻ toʻkadi. Shuning uchun uning hissiyotli munosabatini tushunish mumkin.

Boshqa tomondan bu murojaat Kremlga qarshi ommaviy chiqishlardan soʻng yuz berayotgani eʼtiborga loyiq.

Usmonov Navalniyni Bulgakov asaridagi Sharikovga qiyoslab, "yuqori malakali yolgʻonchi" deya atadi.

Ijtimoiiy tarmoqlarda uni mazax qilishlarini Usmonov koʻra bilganmidi?

Albatta uning koʻplab maslahatchilari bor va bunday oqibatni koʻra bilishgan.

U nafaqat oʻz shaʼnini himoya qilish, balki Kremldan odamlarning eʼtiborini oʻziga chalgʻitishga uringandek.

U bir oʻq bilan ikki quyonni urmoqchidek.

Bir tomondan mahkamada Navalniy yolgʻon aytganini isbotlashi mumkin.

Ikkinchidan Kremlga ana shunday xizmat koʻrsatib, rasmiylar qoʻshimcha qoʻllovini oladi".

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02