Video - Prezident Mirziyoyevga atab ilk qoʻshiq kuylandi

Taniqli xonanda Dilfuza Ismoilova Oʻzbekiston prezidentiga atab qoʻshiq kuyladi Image copyright youtube
Image caption Taniqli xonanda Dilfuza Ismoilova Oʻzbekiston prezidentiga atab qoʻshiq kuyladi

Dilfuza Ismoilova oʻzining "Omon boʻlsin-ey" qoʻshigʻida "Elim deya, yurt deya oqil ishni boshlagan mard oʻgʻlonning yoʻlini ayting kim ham toʻsadi? Omon boʻlsin, bor boʻlsin, shu goʻzal yurt sultoni bor boʻlsin" - deya kuyladi.

Qoʻshiqqa ishlangan klipda Prezident Mirziyoyevning viloyatlardagi uchrashuvlari kadrlari aks etgan.

Bu qoʻshiq Oʻzbekistoning yangi rahbariga atab aytilgan ilk qoʻshiqdir.

Oʻzbekistonni uzoq yil boshqargan marhum Islom Karimov davrida "yurtboshi"ga atab koʻplab qoʻshiqlar kuylangan.

Videolavhamizni tomosha qilish uchun mana bu yerga bosing.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02