Videodastur - Tramp "qatʼiy" muzokaralar uchun Bryusselga keldi

OI prezidenti Rossiya boʻyicha fikrlar farq qilayotganini aytdi Image copyright Reuters
Image caption OI prezidenti Rossiya boʻyicha fikrlar farq qilayotganini aytdi

AQSh Prezidenti Donald Tramp NATO harbiy ittifoqining boshqa aʼzolari bilan "qatʼiy" muzokaralar oʻtkazish uchun Bryusselga keldi.

NATO Trampning Islomiy Davlat jangari guruhiga qarshi AQSh boshchiligidagi koalitsiyaga qoʻshilish iltimosiga rozi boʻlgan.

Lekin, Tramp NATO aʼzolariga tashkilot xarajatlarini teng boʻlashish boʻyicha bosim oʻtkazishi ham kutiladi.

Tramp allaqachon Ovroʻpo Ittifoqi rahbariyati bilan uchrashdi.

OI Prezidenti Donald Task AQSh rahbari bilan "koʻp masalalar"da kelishib olingani, ammo Rossiya boʻyicha fikrlari farqli boʻlib qolayotganini aytdi.

Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga boʻlgan munosabati uchun tanqid qilingan. OI va NATOning koʻp aʼzolari esa Putinni Ovroʻpo davlatlariga tajovuz deb koʻradilar.

Buyogʻi-chi? - Tafsilotlari videomuloqotimizda.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02