Мосулга атир-упа қайтмоқда
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Mosulga atir-upa qaytmoqda

Mosulning ozod etilishi ortidan ayollar erkinliklarini qaytarib olmoqdalar va u yerda endi yorqin rangdagi ayollar liboslarini sotuvchi doʻkonlar ochilmoqda.

BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.

Bu tasvir 2014 yili Mosulda maxfiy kamera bilan tushirilgan.

IShID nazorati ostida boʻlgan shaharda ayollar boshdan-oyoq yopingan holda yurishga majburlangandilar.

Hatto qoʻlingning uchini koʻrsatish ham jinoyat koʻrilardi.

Mana bu ayolni qoʻlqopsiz koʻchaga chiqqani uchun jazolamoqdalar.

Lekin Mosulning ozod etilishi ortidan ayollar erkinliklarini ham qaytarib olmoqdalar.

Yorqin rangdagi ayollar liboslarini sotuvchi doʻkonlar ochilmoqda.

Atir-upa ham ochiq savdoda.

Chilim chekishlar qahvaxonalarga qaytmoqda.

Mana bu qaxvaxona shaharda ilk qayta ochilganlaridan.

Lekin qahvaxona sohibi hozircha oʻz shaxsini ochiqlashni istamaydi.

U yon-atrofda IShID tarafdorlari hanuz mavjudligidan xavotirda.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02