Темирсиз машина ҳайдайсизми?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Temirsiz mashina haydaysizmi?

Gollandiyalik talabalar temir emas, zigʻir tolasi, qand lavlagisi va boshqa oʻsimliklardan avtomobil yasadilar.

Bu avtomobilni toʻla qayta ishlash mumkin, deyishadi ular.

Uning tezligi soatiga 80 kilometrgacha yetishi mumkin va akkumulyatorini bir quvvatlantirish bilan 100 kilometr masofani bosib oʻtish mumkin.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Oʻsimliklardan yasalgan mashinani mingan boʻlarmidingiz?

Ixtirochilar aytishicha, bu dunyodagi toʻla qayta ishlash mumkin boʻlgan avtomobildir.

Nud van de Gevel: "Biz yasagan avtomobilь shaharda 80 km tezlikda yuradi. Usti zigʻir tolali material bilan qoplangan.

Ichkarisi lavlagidan ishlangan. Yomgʻirda ivib ketmasligi uchun usti qoplangan".

Qancha masofagacha bora oladi?

"100 kilometrga yetadi. Yana yurmoqchi boʻlsangiz, akkumulyatorni yangilashingiz kerak boʻladi".

Bu mashina xavfsizmi?

"Misol uchun zavodimiz allaqachon shisha tolani eshik panelida qoʻllamoqda.

Mashinalarni allaqachon shahar koʻchalarida haydab yurishibdi va u xavfsiz.

Bu mashinaga uzatish qutisi kerak emas. Chunki uning ogʻirligi atigi 300 kilogramm.

Bu gʻoya koʻpchilikka maʼqul...

Biroq ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun katta mablagʻ talab qilinadi".

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02