"Qozoqlar Rossiyaga faqat oʻqish va sayohatga kelishadi"

Dinara Iskakova Image copyright BBCUZBEK
Image caption Dinara Iskakova Sankt-Peterburgga tahsil olish uchun kelganini aytadi

Oʻzbekiston Rossiyadagi mehnat muhojirlari soni boʻyicha MDHda birinchi oʻrinni egallaydi.

Mazkur raqam rasman 1,5 million deyilsa-da, aslida Rossiyada mehnat qilayotgan oʻzbekistonliklar 3 milliondan ortiq ekani taxmin qilinadi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan yana Tojikiston, Qirgʻiziston ham mehnat muhojirlari "etishtirib berish" boʻyicha yuqori oʻrinlarda.

Qoʻshni Qozogʻiston haqida gapirilganda esa boshqacha manzara chiziladi.

Maʼlumotlarga koʻra, Rossiyadagi qozoqlar soni 45 ming nafar atrofida va ularning aksari malakali mutaxassislardir.

BBCUZBEK suhbatlashgan qozogʻistonlik Dinara Iskakova Sankt - Peterburgga oliy taʼlim olish uchun kelganini aytadi

"Peterburgda qozoqlar soni u qadar koʻp emas. Men buni sezaman. Oʻzbeklar va qirgʻizlar koʻzga koʻproq tashlanadi. Oʻzbekcha soʻzlashuvlar tez-tez qulogʻingizga chalinadi. Qozoqlar bilan esa, ijtimoiy tarmoqda guruhimiz bor. Oʻtirishlar tashkil qilinadi. Kutubxonalar, konferentsiya zallari, klublar, qahvaxonalarga boramiz. Ular asosan yoshlar, xususan, talabalar. Maktabni bitiriboq, oʻqishga kelganlar. Yoshi katta qozogʻistonliklarni deyarli uchratmadim. Menga tengdoshlar bor, ammo ular ham hamon oʻqishadi. Magistratura, aspiranturalarda tahsil olishadi. Yana shu ijtimoiy tarmoqlar orqali tanish boʻlgan qozoqlar borki, ular shu yerda tugʻilib, katta boʻlishgan. Shu yerning fuqarolari. Bunday qozoqlar soni ham juda kam. Xullas, bu yerdagi qozoqlarning aksari talabalar, kechagi maktab oʻquvchilari", deydi u.

Muhojirlikning qattiq noni

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq