Kushner FQB tekshiruvi ostida

Tramp va Kushner Image copyright Reuters

AQSh matbuotiga koʻra, Prezident Donald Trampning kuyovi Jared Kushner Federal Qidiruv Byurosi tekshiruvi ostida.

Xabarlarda aytilishicha, Kushner biror bir jinoyatda gumon qilinayotgani yoʻq, ammo FQB unda 2016 yilgi saylovlarga Rossiyaning aralashuvi bilan bogʻliq maʼlumot borligiga ishonadi.

Jared Kushnerning himoyachisi mijozi har qanday tekshiruvga hamkorlik qilishini bildirdi.

Prezident Trampning oʻzi saylovlar davrida atrofidagilardan hech kim Rossiya xavfsizlik xizmatlari bilan hamkorlik qilmaganini aytadi.

U Rossiya boʻyicha tekshiruvlarni "Amerika tarixida siyosatchi ustidan boshlangan eng katta ov" deb taʼriflagandi.

AQSh josuslik agentliklari ishonishicha, saylov payti Moskva respubilikachilar foydasiga taʼsir oʻtkazishga uringan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02