Misrda qibtiy nasroniylar hujumga tutildi

Misr

Misrda jangarilar qibtiy nasroniylar oʻtirgan avtobusga hujum qilishi natijasida oʻnlab odam halok boʻlgan va yaralangan.

Davlat matbuoti kamida 25 nafar qurbon borligini aytmoqda.

Hujum Qohiradan 250 km janubdagi Al-Minya viloyatida yuz bergan.

Qibtiylar oʻtirgan avtobus Muqaddas Samuil cherkovi tomon borayotgan boʻlgan.

Misrdagi qibtiylar soʻnggi paytlarda jangarilar tomonidan bot-bot hujumga tutilgan.

Oʻtmishdagi hujumlar uchun "Islomiy davlat" guruhi masʼuliyatni zimmasiga olgan.

Oʻtgan oy Tant va Aleksandriyadagi cherkovlarga uyushtirilgan hujumlarda kamida 46 inson halok boʻlgan.

Oʻtgan yil dekabrida Qohiradagi ibodatxonaga hujumda 25 inson hayotdan koʻz yumgan.

Hujumlar 2013 yildagi harbiy toʻntarish ortidan yanada kuchaygani aytiladi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02