Qandahordagi harbiy bazaga hujumda 15 kishi oʻldirildi

Kandahor

Afgʻonistondan kelayotgan xabarlarga koʻra, Tolibonning Qandahordagi harbiy bazaga hujumida kamida 15 afgʻon askari halok boʻlgan.

Mudofaa vazirligi soʻzchisining BBCga aytishicha, Shohvali Kot tumanidagi hujumda yana 5 kishi yaralangan.

Hujum Tolibon ayni hududda boshqa bir harbiy bazani zabt etishidan uch kun oʻtib yuz bergan.

Hujumda 10 nafar afgʻon askarlari halok boʻlgandi.

Soʻnggi haftalarda Tolibon bahorgi hujumlarni yanada kuchaytirgan kuzatiladi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02