"Islomga zid" iloha qulatiladi

Bangladesh Image copyright courtesy

Ishchilar Bangladesh Oliy mahkamasi roʻparasidagi qadim yunon ilohasi - Femida haykalini buzishga kirishishdi.

Adliya ilohasi haykali Bangladeshda islomchilarning qator ommaviy norozilik namoyishlariga sabab boʻlgan.

Videolavhamizda tomosha qiling.

Namoyishchilarning daʼvo qilishlaricha, bu - budparastlikning bir koʻrinishi ekani bois, diniy tuygʻularini tahqirlaydi.

Islomiy guruhlar haykalning musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyiga qadar olib tashlanishini talab qilishgan.

Adliya ilohasi haykalining milliy sarida ekani ham ularni tinchita olmagan.

Tahlilchilar nazdlarida soʻnggi voqeʼlik Bangladeshda diniy anʼanadorlik va dunyoviylik oʻrtasida keskinlik kuchayib borayotganiga dalolat qiladi.

Dunyoning aksariyat davlatlarida esa, qadim Adliya ilohasi Femida adolat ramzi hisoblanadi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02