O‘g‘illari Ramzan Qodirovni ortda qoldirib ketishdi

Рамзан Қодиров Image copyright courtesy

Prezident otasining o'zi shu kunlarda e'lon qilgan rasmiy deklaratsiyaga tayanilsa, hali voyaga yetmagan ikki o'g'lining yillik daromadi qariyb 20 million rublni tashkil etgan.

Bu haqdagi videolavhamizni ham nazardan qochirmang.

Ulardan har biri 9.5 million rubl atrofida pul ishlashgan.

AQSh dollariga chaqqanda, bu - 175 ming dollar deganidir.

Ammo rasmiy deklaratsiya matnida ularning daromad manbalari ochiqlanmaydi.

Muxbirlar esa, Checheniston sharoitida bunga oydinlik kiritish mushkul ish ekanini aytishadi.

Agar, Checheniston hukumati rasmiy veb sahifasida e'lon qilingan deklaratsiya tafsilotlariga tayanilsa, ota Ramzan Qodirovning o'zi qariyb 11.5 million rubl yoki 200 ming AQSh dollariga yaqin daromad qilgan.

Turmush o'rtog'i Medni Qodirova esa, 2.1 million rubl yoki 37 ming AQSh dollariga teng miqdorda pul ishlagan.

Medni Qodirova modeler, u 2009 yilda islomiy liboslarga ixtisoslashgan 'Firdaws' modalar uyiga asos solgan.

Ammo uni hozir to'ng'ich qizlari 18 yoshli Ayshat Qodirova yuritadi.

Ramzan Qodirovning ja'mi 14 ta farzandi bor. Ulardan ikkitasini asrab olgan.

Rasmiy xabarlarga ko'ra, ikki o'g'lidan boshqa qolgan biror bir bolasi halicha pul topishning uddasidan chiqmagan.

2015 yilgisi bilan taqqoslanganda esa, Checheniston prezidenti yillik daromadining deyarli ikki barobariga ortgani ma'lum bo'lgan.

O'tgan yil o'g'li Abdullohning dunyoga kelishi ortidan, Ramzan Qodirov MDH davlatlari hududidagi eng serfarzand prezidentga aylangan.

40 yashar Ramzan Qodirov Chechenistonni 2007 yildan buyon boshqarib keladi.

Faollar chechen hukumatini Chechenistonni islomiylashtirish va erkinliklarni bo'g'ishda ayblab kelishadi.

Bi-bi-si O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02