Moskvada kuchli shamol: 11 kishi halok boʻldi

Moskvada
Image caption Moskvaning bir necha tumanlarida kuchli shamol daraxtlarni qulatgan

Moskvada yuz bergan kuchli shamolda 11 nafar inson halok boʻlgan.

Kuchli jala paytida koʻtarilgan shamol daraxtlarni qulatgan va metal inshootlarni vayron qilgan.

Rossiya Tergov Qoʻmitasi dushanba kunduzi roʻy bergan tabiiy ofat 11 insonning hayotiga zomin boʻlganini tasdiqlagan.

"Moskva shimoli-sharqi va janubi-gʻarbida yuz bergan kuchli shamol natijasida daraxtlar odamlarni bosib qolish hollari kuzatilgan. Olingan jarohatlar natijasida besh kishi hodisa joyida vafot etgan", - deb aytgan Tergov qoʻmitasining Moskva shahar boshqarmasi vakili Yuliya Ivanova.

Yana bir kishi Kirovograd koʻchasidagi bekat ustiga qulashi natijasida hayotdan koʻz yumgan.

Talofatlar haqida turlicha maʼlumotlar kelmoqda.

Moskvaning barcha tumanlaridan guvohlar daraxtlar va simyogʻochlarning qulashi haqida xabar berishgan.

Dushanba kuni ertalab Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuchli jala haqida ogohlantirgan.

Shamol sekundiga 16 metr tezlikda esgani xabar qilinadi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02