Video - Soppa-sogʻ 22 ta tishingizni sugʻurib tashlashsa...

Tish Image copyright Thinkstock

Xuddi shu kabi hodisa yuzasidan Sankt-Peterburgda jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Shahardagi xususiy klinikalardan birining stomatoligi firibgarlikda ayblanmoqda.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda tomosha qiling.

Rossiya Tergov qoʻmitasining bildirishicha, hodisa 2014 yilda yuz bergan.

Gumondor qanday stomatoligik yordam lozim ekani borasida 43 yoshli ayolni aldagan.

Uning soppa-sogʻ boʻlgan 22 ta tishini sugʻurib tashlab, oʻrniga sifatsiz "koʻpriklar" oʻrnatgan.

40 yashar stomatolog xizmati uchun mijozidan 843 ming rubldan ortiqroq (15 ming AQSh dollari miqdorida) haq olgan.

Hozir tergovchilar uning boshqa ehtimoliy "qurbonlari"ni izlashmoqda.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02