Roʻza va Ramazon: Yozning jaziramasida nima yegan maʼqul?

Palov

Soʻnggi yillarda musulmon olami uchun muqaddas Ramazon oyining yozning uzoq va issiq kunlariga toʻgʻri kelayotgani dunyoning qator davlatlarida bahsu munozaralarga sabab boʻlmoqda.

Videolavhamizni ham nazardan qochirmang.

Bundan ikki yil burun taniqli britan ulamolaridan biri doktor Usoma Hasan roʻza soatlarini qisqartirish taklifi bilan chiqqandi.

Britaniyalik doktor buning sababini uzun roʻza soatlarining inson salomatligiga salbiy taʼsirining oldini olish istagi bilan izohlagandi.

Maʼlumki, Ramazon oyida musulmonlarning tongdan shomgacha roʻza tutishlari farz sanaladi.

Britaniya Musulmonlar Kengashi esa, roʻzadorlarni Ramazon oyining uzoqqa choʻziluvchi va ayniqsa, issiq kunlarida ehtiyot boʻlishlari bilan ham ogohlantirib chiqqan.

Kengash yozgi issiqda tananing suvsizlanishi xatarli ekanini aytib, musulmonlarga sahar va iftor paytida imkon qadar koʻp suv ichishni ham qatʼiy maslahat bergan.

Shunday ekan, bu kabi sharoitda roʻzadorlarning sahar va iftorlikka aynan qanday taomlarni isteʼmol qilganliklari tuzuk?

BBC Oʻzbek Xizmati xuddi shunday savol bilan oʻzbekistonlik taniqli va usta oshpaz Hakim aka Gʻaniyevga murojaat qildi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02