Zominda "Mirziyoyev masjidi" namozxonlarga ochildi

Zomindagi yangi masjid oʻta qisqa muddatda qurib bitkazilgan Image copyright @jalilovsm
Image caption Zomindagi yangi masjid oʻta qisqa muddatda qurib bitkazilgan

Xalq orasida Mirziyoyev masjidi sifatida tanilgan va shu yilning yanvar oyida qurilish ishlari boshlangan muhtasham masjid foydalanishga topshirilgan. Masjid tashqarisida pardozlash ishlari davom etmoqda. Uning rasman qachon ochilishi nomaʼlum.

Image copyright @jalilovsm
Image caption Masjid toʻla bitmagan boʻlsa ham Roʻza sabab namozxonlarga ochilgan

Zomin tuman hokimiyatidan BBC bilan suhbatlashgan manbaning aytishicha, masjid Ramazon oyi sabab namozxonlarga foydlanish uchun ochilgan.

"Hali rasman ochilgani yoʻq. Tashqarisida pardozlash ishlari ketayapti. Yoʻlaklarga chimlar yotqizilayapti. Ammo roʻza oyi boʻlganligi uchun bir qismi namozxonlar uchun ochib berildi", - deydi Zomin hokimiyatidagi suhbatdosh.

Prezident Mirziyoyev tugʻilib oʻsgan Zomin tumanida muhtasham masjid qurish shu yil boshida boshlangan edi. Mahalliy hokimiyatdagilar masjidni toʻgʻridan toʻgʻri Toshkent moliyalashtirilayotganini aytishgan.

Masjid "Xoja Ahror Valiy" majmuasiga kiruvchi eski "Xolid ibn Bolid" masjidi yonida qurilgan.

Videolavhamizni tomosha qilish uchun YouTube kanalimizga boring.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq