Oʻzbekistonda "maʼnaviyatga zid" video oʻyinlar taqiqlandi

GTA Image copyright AFP

Oʻzbekiston maʼnaviyatga zid deb topgan va barqarorlikka tahdid soluvchi oʻnlab kompyuter oʻyinlarini taqiqladi. Roʻyxatda bir qator zoʻravonlik sahnalari aks etgan oʻyinlar bilan birga dunyoda mashhur Grand Theft Auto (GTA) va beozor klassik Simlar (The Sims) kabi oʻyinlar ham bor.

Taqiq ushbu oʻyinlarni Oʻzbekistonga olib kirish va tarqatishni noqonuniy amalga aylantiradi. Internetda bu qarorga tezda munosabat bildirildi. Fikrlar orasida istehzoli kulgudan tortib, jahl va qoʻllab quvvatlashlarni ham koʻrish mumkin.

Nima uchun taqiqlandi?

Oʻzbek rasmiylariga koʻra, oʻyinlar "zoʻravonlik, pornografiyani targʻib qilishi va xavfsizlik hamda siyosiy, ijtimoiy barqarorlikka tahdid solishi mumkin". Shuningdek, ular tinchlik, millatlararo va dinlararo totuvlikka rahna solishi mumkinligi aytilgan.

Image copyright AFP
Image caption Kredolar qatli

Yana bir sababda "oʻyinlar Oʻzbekiston haqida notoʻgʻri maʼlumot berishi hamda uning tarixi, madaniyati va qadriyatlarini buzib koʻrsatishi" mumkinligi maʼlum qilingan.

Taqiq hukumatning yoshlarni goʻyoki "buzgʻunchi" taʼsirlardan himoya qilish siyosatining davomi sifatida koʻrish mumkin.

Taqiq roʻyxatida qanday oʻyinlar bor?

Taqiqlangan 34 ta oʻyin orasida hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlab berilgan otishmalardan tortib, qoʻrqinchli yoki erotik oʻyinlar bor.

Image copyright Getty Images
Image caption Roʻyxatda maishiy The Sims (Simlar) ham bor

Ularning ichida dunyoda juda ham ommalashib ketgan Grand Theft Auto (GTA) Call of Duty ning 5 oʻyini bor. Hatto har zamonning eng yaxshi sotilgan oʻyini, maishiy va beozor Simlar (The Sims) ham bor.

Oʻyinlarning aksariyati Oʻzbekistonda keng tarqalgan va deyarli har bir internet-kafelarda hamda rusiyzabon DVD disklarida qalbaki nusxalarini osonlikcha topish mumkin.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02