Moskva: "Bunaqasini oʻtgan 20 yilda koʻrmaganman"

Moskva Image copyright TASS

Moskvada boʻlgan mustaqil jurnalist Davlat Qudrat BBC Oʻzbek Xizmati bilan suhbatida dushanba kungi dovulga xuddi ana shunday baho berdi.

Suhbatdoshimizning aytishicha, yoʻq yerdan kuchli shamol turgan paytda koʻchada boʻlgan.

Ammo bekatga yetolmay, yaqindagi doʻkonga oʻzini urgan va dovul tinishini oʻsha yerda kutgan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Uning aytishicha, tabiiy ofat chogʻida turli tashkilotlarning binolari va uylar podʼezdlarida jon saqlagan shaharliklarning soni ham ozmuncha boʻlmagan.

"Hozir boshimga daraxt qulasa-ya, yoki bir narsa kelib tushsa-chi, deb, toʻgʻrisi, qoʻrqdim", - deydi suhbatdoshimiz.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq