Боланинг гуноҳи нимада?
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Bolaning gunohi nimada?

Sharof Rashidovning "Kashmir qoʻshigʻi"ni eslaysizmi? Jannatmakon bir oʻlkada minglab bolalar jabr chekmoqda. Pokiston va Hindistonning bu mintaqani talashishi hamon koʻzyoshlarni oqizmoqda...

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

"Kashmir qoʻshigʻi"ni eslaysizmi?

Shoirlar bu oʻlkani jannatmakon deb tasvirlashgan...

Ammo bu goʻzal ertaklar tezda dahshatli haqiqatga aylanishi mumkin.

Kashmir mintaqasini ham Hindiston va ham Pokiston oʻziniki deydi, talashadi...

Bu zoʻravonlik minglab bolalarning hayotiga, taʼlim olishiga salbiy taʼsir qiladi.

"Men uyda darsimni qilib oʻtirgandim. Tashqarida shovqin eshitildi... chiqqanim bilan nima boʻlayotganini koʻrdim... Armiya bombaboʻron qilar edi... men ichkariga qarab yugurdim, keyinroq esa bir bolakay qurbon boʻlganini eshitdim. Ayjaz mening qoʻshnim edi...".

Kashmir maktablarida chizilgan suratlar bolalik va maʼsumiyatning yakson boʻlganini koʻrsatadi...

  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.
  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02