"Iskander" Tojikistonga borganidan xavotir

Rossiyaning "Iskandar" raketa kompleksi Image copyright RIA NOVOSTI

Tojikistondagi harbiy mashqlarda Rossiyaning "Iskander-M" raketa komplekslari olib borilgani xavotirlarga sabab boʻldi.

30 maydan 1 iyungacha Tojikiston hududida MDHga aʼzo olti mamlakat harbiylari ishtirokida "Dushanbe-Antiterror-2017" oʻquv-mashqlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Harbiy mashqlarning "Laur" va "Harbmaydon" poligonlarida boʻlib oʻtishi xabar qilingan.

Bu mashqlarda harbiylar telemarkaz binosini "terrorchilardan va garovga olingan insonlarni ozod qilish"ni oʻrganadilar.

Shuningdek, Afgʻoniston chegarasidan oʻtib Tojikiston hududiga oʻtgan jangarilarni "yoʻq qilish" vazifasi qoʻyilgan.

Tojikistonning togʻli mintaqasidagi "terrorchilar jamlogʻini "Iskander-M" raketasini otib yoʻq qilish" ham moʻljallangan.

"Iskander-M" Rossiyaning operativ taktik raketa majmuasi boʻlib, u bir minutda ikki nishonni hujumga tutishga qodir.

Bu raketa 500 kilometr uzoqlikdagi nishonni yoʻq qiloladi.

"Iskander-M"ning tezligi soatiga 700-800 kilometrgacha yetishi mumkin, bu raketani radar vositasida tutib olish qiyin.

Bundan oldin "Iskander-M" raketalari Rossiyadan tashqariga chiqarilmagan.

Bu raketaning Afgʻonistonga qoʻshni boʻlgan Tojikistonga olib chiqilishi Gʻarb matbuotida xavotir bilan qarshi olingan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq