Дуогўй робот
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Duogoʻy robot

Yevropadagi Reformatsiya yoki katolik islohotlarining 500 yilligiga Germaniyada 8 tilda duo qila oladigan ruhoniy robot chiqarilgan.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Germaniyadagi mana bu ruhoniy robot 8 tilda duo qiladi.

Xudo sizni yorlaqasin va oʻz panohida asrasin! Tangrining nuri va inoyati sizni tark etmasin!

"BlessU-2" Yevropadagi Reformatsiya yoki katolik islohotlarining 500 yilligiga chiqarilgan.

Biz cherkov koʻngillisi Rudolf Venzdan odamlar uni yoqtirishdimi, deb soʻradik.

Cherkov ziyoratchilari va ruhoniy muhitga oʻrganganlarga u gʻalati tuyulyapti.

Ammo yangi kelganlar va protestant cherkoviga aloqasi boʻlmagan ziyoratchilar bunga qiziqish bilan qarashadi.

Ularning nazarida bu nasroniylik va reformatsiyaning ruhiga uyqash.

Xonadoningizga tinchlik. Xudo yoringiz boʻlsin!

  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.
  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02