"Prezident va hukumat isteʼfo bersin"

Namoyishchilar Image copyright Reuters

Kobuldagi qonli hujumdan ikki kun oʻtib, yuzlab afgʻonlar xuddi ana shunday talab bilan shahar koʻchalariga chiqishgan.

Namoyishchilar prezident Muhammad Ashraf Gʻaniy hukumatining isteʼfo berishini talab qilishgan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Halokatli xudkushlik hujumi kamida 80 kishining umriga zomin boʻlgan, 350 dan ortigʻini yaralagan.

Musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyida uyushtirilgan hujumga masʼuliyatni hozircha biror bir guruh oʻz zimmasiga olmagan.

Afgʻoniston Istixborat xizmatlari unda "Haqqoniy" jangari guruhi va Pokistonni ayblab chiqishgan.

Pokiston rasmiy Kobulning bu daʼvolarini rad etgan, tarmoq esa, hozircha jim.

Portlash sathiga yaqin yerdagi namoyishchilarni tarqatish uchun politsiya havoga toʻxtovsiz oʻt ochgan.

Kobuldagi bu hujum Tolibon tuzumi qulatilgan 2001 yildan buyon eng qonlilaridan biri boʻlgan.

Portlash shundoq ham butun Afgʻoniston boʻylab xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyat jiddiy izdan chiqib borayotgan bir paytga toʻgʻri kelgan.

Prezident Gʻaniy boshchiligi ostidagi milliy birdamlik hukumati qudratga kelgan qariyb uch yil ichida mamlakatda toliblar qayta faollashishga muvaffaq boʻlishgan.

Yaqin Sharqdagi IShID guruhi Afgʻonistonga har tomondan sizib kirishga muvaffaq boʻlgan.

  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.
  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq