Umra ziyoratiga boruvchi oʻzbekistonliklar soni ortishi mumkin

Saudiya Arabistoni Image copyright Reuters

Toshkentdan olingan xabarlarga koʻra, Oʻzbekiston Saudiya Arabistoniga xuddi ana shunday soʻrov bilan murojaat qilish rejasida.

Ayon boʻlishicha, Oʻzbekistonning rejasi kelasi - 2018 yilni nazarda tutadi.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Masʼullar Oʻzbekistonga beriluvchi Umra kvotasining 10 ming kishiga yetkazilishini istashmoqda.

Har yili kichik Haj yoki Umra ziyoratini 6 mingga yaqin oʻzbekistonlik ado etishi ishoniladi.

Xabarlarga koʻra, Saudiya Arabistoni bu xususdagi qarorini kelasi yil boshida berishi mumkin.

Agar, Oʻzbekiston matbuotiga tayanilsa, 2016 yilgisi bilan taqqoslanganda, bu yil oʻzbekistonlik ziyoratchilarning soni 20 foizga ortgan va 13.200 kishiga yetgan.

Ulardan 7 mingdan ortiqrogʻining Haj, qolganlarining Umra ziyoratini ado etishlari aytilmoqda.

Shu yil boshida aholisi 32 millionga yaqinlashgan Oʻzbekiston uchun Haj ziyorati kvotasi qariyb 40 foizga oshirilgani maʼlum boʻlgandi.

Soʻnggi yangilik musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyiga toʻgʻri kelgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02