Саҳро узра югурган дайди ит
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Sahro uzra yugurgan daydi it

Sahro uzra marafon yugurgan sportchi oʻziga ergashgan daydi itni Britaniyaga olib keldi.

Video lavhalarimizni www.facebook.com da ham tomosha qiling.

Dion Leonard Xitoy uzra marafon yugurayotganida unga daydi kuchukcha ergashdi.

Dion Leonard: "Gobi sahrosi uzra 250 kilometrlik marafonni yugurayotgandim. Ikkinchi kuni u menga qoʻshilishga qaror qildi".

Oʻsha kuni ular 40 kilometr yugurdilar.

Uchinchi kuni Dion Gobini koʻtarib olib tezoqar daryoni kechdi.

Dion Leonard: "Oʻshanda men u oddiy daydi it emasligini tushunib yetdim".

Dion va Gobi finish chizigʻini birga kesib oʻtishdi.

Dion oʻzining yangi doʻstini Britaniyaga olib kelishni rejaladi.

Ammo, Gobi toʻsatdan gʻoyib boʻldi.

Katta qidiruv ishlari ortidan ikkovlon yana bir-birini topdi.

Dion Leonard: "Uni nihoyat topganimda, bu taqdir ekanini tushundim. Biz birga boʻlishimiz peshonamizga yozilgan ekan".

  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.
  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02