На у ёқлик, на бу ёқлик...
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Na u yoqlik, na bu yoqlik...

Angliya janubidagi sohil qoyasiga chiqishni istagan uchchovlon tom maʼnoda na u yoqlik, na bu yoqlik boʻlib qoldilar.

Yerdan qoyaga 14 metr koʻtarilganlaridan keyin na pastga tusholdilar, na choʻqqiga yetishdilar.

Xatarli vaziyatdan ularni vertolyot yordamida qutqarishga toʻgʻri keldi.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Kimmeridj sohili

Angliya janubidagi qutqarish amaliyoti videoga olindi.

Dorsetdagi Zinali Teshik deb nomlangan qoyada uch kishi "osilib qoldi".

Ular toshli yerdan 14 metr balandlikda qolgan edilar.

Pastdan kelgan qutqaruvchilar tepaga chiqolmadilar.

Qirgʻoqni qoʻriqlash xizmati vertolyotini chaqirishga toʻgʻri keldi.

Ikki oʻspirin qiz va 20 yoshlardagi erkak arqonda vertolyotga tortib chiqarildi.

Qutqaruvchilarga koʻra, birinchi boʻlib pastdagi odam qutqarilgan, chunki uning joyi xavfli boʻlgan.

Xech kim tibbiy yordamga muhtoj boʻlmadi, biroq, tabiiyki, ularni qaltiroq bosgandi.

Qoʻriqchilar boshqalarni yoz payti bu qoyalarga chiqmaslikka chaqiradilar.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.