Putinning "suiqasdchisi"ga qarshi suiqasd

Putin Image copyright EPA

Hodisa Ukraina poytaxti Kiyev markazida yuz bergan. Asli chechenistonlik Adam Osmayev joniga qasd qilingan.

Adam Osmayev rossiyalik masʼullar tomonidan prezident Putinga qarshi 2012 yilda suiqasd tayyorlashda ayblangan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Oʻsha paytda Rossiya mahkamasi uni sirtdan hibsga olishga buyruq bergan.

Ammo Adam Osmayevning oʻzi Ukrainada qolgan va Donbassda jang qilgan.

Rasmiy xabarlarga koʻra, hujum "xorijiy jurnalist" sifatida Osmayev va rafiqasi ishonchini qozongan shaxs tomonidan uyushtirilgan.

Bu shaxs suhbat olish ilinjida Adam Osmayevga yaqinlashib, toʻpponchadan oʻt ochgan va uni ogʻir yaralagan.

Ayon boʻlishicha, oʻzlarini himoya qilish maqsadida Osmayevning ayoli ham qarshi oʻt ochgan, "hujumchi"ga jiddiy tan jarohati yetkazgan.

Ukraina Ichki ishlar vazirligi vakiliga koʻra, hozir ikkovlon ham kasalxonada.

Artem Shevchenko soʻzlariga koʻra, gumondor shaxsning yonida Ukraina pasporti boʻlgan.

Prezident Vladimir Putin esa, rejisser Oliver Stounga bergan soʻnggi intervyusida oʻz xavfsizlik xizmatiga ishonishini aytgan.

Suhbatdan parcha CBS telekompaniyasi web saytida eʼlon qilingan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02