Mirziyoyev haqida qoʻshiq kuylash taqiqlandi

Xonanda Dilfuza Ismoilova Mirziyoyevga bagʻishlab qoʻshiq aytgan Image copyright YouTube
Image caption Xonanda Dilfuza Ismoilova Mirziyoyevga bagʻishlab qoʻshiq aytgan

"Oʻzbekkontsert" davlat muassasasi davlat rahbari va boshqa davlatlarni maqtovchi qoʻshiqlarga haqidagi qoʻshiqlarga chek qoʻyilishini maʼlum qilgan.

Xonanda Dilfuza Ismoilova Mirziyoyevga bagʻishlab "Shu yurt sultoni bor boʻlsin", deb qoʻshiq kuylashi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama boʻlgan edi.

2 iyun kuni "Oʻzbeknavo" oʻrniga tashkil qilingan "Oʻzbekkontsert" davlat muassasasida boʻlgan majlisning asosiy mavzusi davlat rahbari va siyosat haqida qoʻshiq kuylashga bagʻishlangan.

Oʻzbekkontsert" davlat muassasasi direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi Azamat Haydarov davlat rahbariga bagʻishlangan qoʻshiqlar taqiqlanishini maʼlum qilgan.

"Soʻnggi paytlarda ayrim xonandalarimiz bilib bilmay, chala shoirlarga sheʼr zakaz qilib, kliplar qilayapti. Ayniqsa shaxs bilan bogʻliq, davlat rahbarlarining faoliyati bilan bogʻliq narsalarni montaj qilib kliplariga... bu hech qanday odob-ahloqqa toʻgʻri kelmaydi".

Azamat Haydarogv koʻra, hozir Oʻzbekistonda hamma narsa oshkora boʻlayapti va bu kabi kliplar chiqarib obroʻ olmaslik kerak.

"Bu yaxshilikka olib kelmaydi. Mana shu ishni qilganlar taqdiri nima bilan tugadi, oʻzlaringiz koʻrdinglar-ku. Sahnani sogʻinganlar qanaqa ahvolga tushdi. Qancha yillar sahnaga, xalqqa chiqolmay yurdi. Mana shular bizga saboq boʻlishi kerak-da. Shu narsa koʻz oʻngimizda boʻldi-da. Boshqa mamlakatlarni maqtashlar, ayrim narsalarga uchib, Oʻzbekistonni unutib qoʻyishlar. Mana shu narsalarga taqiqlanadi, chek qoʻyamiz", - degan u.

Madaniyat vaziri oʻrinbosari Minhojiddin Hojimatov ham siyosat haqida kuylovchi qoʻshiqchilarni tanqid qilgan.

"Sen oʻzing siyosatni tushunmasang, mamlakatda boʻlayotgan isloxotlar mazmun-mohiyatini bilmasang, nima qilasan siyosat toʻgʻrisida ashula aytib", - degan u.

Videoni YouTube kanalimizda tomosha qiling

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02