Инсон умрини асраб қоладиган ёзувлар
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Inson umrini asrab qoladigan yozuvlar

Keniyadagi avtobus va marshrutkalar ichiga avtomobilni yomon boshqarayotgan haydovchini tergash, tanbeh berishga chaqiradigan yozuvli stikerlar yopishtirib chiqishga qaror qilindi.

Bunday yozuvlar yoʻl-transport hodisalari kamayishiga turtki berdi, demoqdalar tadqiqotchilar.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Har yili Keniya yoʻllarida qariyb 13000 inson halok boʻladi. (manba: JSST)

Halokatlarga koʻpincha bezakli avtobuslar sababchi boʻladi.

"Haydovchilarning koʻpchiligi oʻylamay ish qiladigan odamlar".

Yoʻllarni taʼmirlash yoki haydovchilarni jilovlash choralari qimmatga tushadi.

AQShlik tadqiqotchilarning gʻoyasi esa insonlarning ongini oʻzgartirish uchun ancha arzon.

Eleyn Xoʻrt, Jorjtaun Universiteti: "Zusha! deb nomlangan kampaniya avtobus yoʻlovchilariga qaratilgan.

Maqsad, haydovchi yoʻlda mashinani yomon boshqarayotgan boʻlsa, bu haqda haydovchiga aytish".

Bunday chaqiriq yozuvlari avtobusning ichiga yopishtirib chiqildi.

Tadqiqotlarga koʻra, bunday stikerlar yoʻl-transport hodisalari sonini 25% kamaytirdi.

Yuzlab insonlarning hayoti asrab qolindi, deb koʻrilmoqda.

Bu insonlarning oʻzini tutishiga taʼsir koʻrsatadigan uslubdir.

"Mashinani yomon haydasak, bizga gapirishadi, shuning uchun yaxshi haydashga harakat qilamiz".

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.