Муҳаммад Али хотираси лаваш нонда
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Muhammad Ali xotirasi lavash nonda

Isroillik rassom Gilat Orkin lavash non va boshqa yeguliklar bilan sanʼat asari ijod qiladi.

3 iyun - boks afsonasi Muhammad Ali vafot etgan kun munosabati bilan rassom mashhur bokschi xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Boks afsonasi Muhammad Ali vafot etganiga 1 yil toʻldi.

Shu munosabat bilan isroillik rassom Muhammad Alini xotirlashga qaror qildi.

Bu xotirlash lavash non va boshqa yeguliklar bilan.

Gilat Orkin, Lavash non rassomi: "Lavash - Isroildagi ishlov berish eng oson boʻlgan yegulikdir.

Lavashni matoga oʻxshatish mumkin, u ham nisbatan tekis va katta boʻladi".

Rassom Mahatma Gandi, Pikasso va Shekspir xotiralariga ham hurmat bajo keltirgan.

Rassom olamdan oʻtgan koʻplab mashhur insonlar obrazini yaratgan.

"Men har yili oʻsha inson vafot etgan kun sanasini xotirlashga qaror qildim.

Bu bilan bolalar oʻsha kunni eslab qoladilar va bu odam qanday odam boʻlganini anglab yetishlari osonroq boʻladi".

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.