Хитой Шинжонда уйғур болаларига мусулмонча исм қўйишни тақиқлади
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Xitoy Shinjonda uygʻur bolalariga musulmoncha ism qoʻyishni taqiqladi

Ramazon oyi kirishi bilan Shinjon Uygʻuristonida yoshi 16 dan kichik boʻlgan uygʻur bolalarining ismlarini oʻzgartirish talab qilinmoqda.

Aprel oyida uygʻurlar uchun Islom, Qurʼon, Makka, Madina, Imom, Arofat, Haj, Saddam va Jihod kabi 15 ismni chaqaloqlarga qoʻyish taqiqlangan edi.

Xitoy rahbariyatining ushbu choralari musulmon uygʻurlarning shaxsiy hayoti daxlsizligining qoʻpol poymol etilishi deya qoralanmoqda.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Shinjonda yoshi 16 dan kichiklarning ismlarini oʻzgartirishni talab qilmoqdalar.

Aprel oyida Xitoy rasmiylari "haddan ziyod islomiy" deb koʻrgan 15 ismni uygʻur chaqaloqlariga qoʻymaslik haqida qaror chiqargan edilar.

Xususan, Islom, Qurʼon, Makka, Madina, Imom, Arofat, Haj, Saddam va Jihod ismlari taqiqlangan ismlardir.

Kimning nomi taqiqlan ismlar roʻyxatida boʻlsa, u insonga hujjat berilmasligi haqida ogohlantirish boʻlgan.

Inson huquqlari tashkilotlari Xitoy hukumati siyosatini keskin qoralamoqdalar, bu inson shaxsiy hayoti daxlsizligini koʻpol buzish ekanini taʼkidlamoqdalar.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.