Parij markazida politsiyaga hujum boʻldi

Parij Image copyright Reuters
Image caption Hujum vaqti ibodatxona ichkarisida yuzlab odamlar boʻlgan

Frantsiya politsiyasining bildirishicha, Parijdagi Bibimaryam ibodatxonasi tashqarisida politsiya zobitiga bolgʻa bilan hujum qilgan shaxsga qarata oʻq uzgan.

Xabarlarga koʻra, gumondor koʻkragidan yaralangan, politsiya zobiti esa yengil jarohat olgan.

Rasmiylar hodisaning "terrorchilik amali" ekanini aytishmoqda.

Hujum yuz bergan payti hodisa joyida boʻlgan sayyohlar yashirinishga uringanlar.

Ibodatxona ichkarisida yuzlab odamlar boʻlgan.

Frantsiyada 2015 yildagi hujumlardan buyon favqulodda holat amal qiladi.

Frantsiya aksilterror prokuraturasi hodisa yuzasidan jinoyat ishi ochgan.

Frantsuz politsiyasining Twitterdagi sahifasida maʼlum qilishicha, hozirda "vaziyat nazorat ostida".

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02