Video - Terrorchilarga janoza namozi oʻqish kerakmi, yoʻqmi?

Hujumchi Image copyright Gabriele Sciotto
Image caption Oʻzini oʻldirgan hujumchiga ham imomlar janoza oʻqishmaydi

Britaniyadagi terrorchilar janozasiz koʻmilishi mumkin.

London markazida terror hujumi uyushtirib, 7 odamni oʻldirgan va oʻnlab insonlarni jarohatlagan hujumchilar janozasi bahslarga sabab boʻlmoqda.

Mamlakatdagi 130 nafar atoqli imom hamda diniy uloamlar London hujumchilari uchun janoza oʻqishdan bosh tortishdi.

YouTube kanalimizda maxsus videolavhani tomosha qiling.

Islomda har qanday musulmonga janoza oʻqish vojib, deyiladi. Ammo ulamolarning soʻnggi qarori kutilmagan boʻldi.

Terror hujumchilariga janoza oʻqish kerakmi yoki yoʻqmi?

Oʻzbek imomining bu boradagi fikri qanday?

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq