Eron parlamenti va Humayniy maqbarasiga hujum qilingan

Fars axborot agentligi Oyatulloh Humayniy maqbarasi tashqarisida portlash aks etgan fotoni eʼlon qilgan Image copyright JAMARANNEWS/FARS
Image caption Fars axborot agentligi Oyatulloh Humayniy maqbarasi tashqarisida portlash aks etgan fotoni eʼlon qilgan

Qurollangan odamlar Eron parlamentining ichkarisida va Oyatulloh Humayniy maqbarasida oʻt ochganlar.

Parlament binosiga uch qurolli, Oyatulloh Humayniy maqbarasiga uch kishi hujum qilgani haqida xabarlar tarqalgan.

Talofotlar haqida bir-biriga zid xabarlar tarqalmoqda.

Reyter axborot agentligi suhbatlashgan guvoh parlament ichkarisidagi hodisaga yakun yasalgani haqida aytgan.

Parlament binosi oldida kamida bir qoʻriqchi halok boʻlgan, ikki qoʻriqchi yarador boʻlgani xabar qilinmoqda.

Hodisadan keyin koʻp sondagi xavfsizlik kuchlari parlament ichkarisi va tashqarisini oʻrab olganlar.

Eronning IRIB axborot agentligi parlament aʼzosi Ilyos Hazratiydan iqtibos keltirgan.

Image copyright Reuters
Image caption Politsiya xodimi Eron parlamenti binosidan tashqariga qaramoqda

"Hujumchilar uch kishi edi, ikkitasi Kalashnikov avtomati bilan, yana bittasi toʻpponcha bilan qurollangan edi", deb aytgan Ilyos Hazratiy.

Fars axborot agentligi tarqatgan xabarga koʻra, Tehron shahrining janubida joylashgan Oyatulloh Humayniy maqbarasiga bostirib kirgan uch

hujumchidan ikki nafari ziyoratchilarga qarata oʻt ochganlar, uchinchi hujumchi oʻzini-oʻzini portlatgani aytilmoqda.

Oyatulloh Humayniy maqbarasi tashqarisida oʻzini portlatgan shaxsning ayol ekani haqida ham xabarlar tarqalgan.

Xabar qilinishicha, parlament va maqbaraga hujumlar bir vaqtning oʻzida sodir etilgan va aftidan ular muvofiqlashtirilgan boʻlgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq