Kun surati: 40 kokilni sogʻindingizmi?

Image copyright Weber/Three Lions/Getty Images
Image caption Sochini 40 ta qilib oʻrib olgan oʻzbek ayoli

Bu surat yodingizga nimalarni soldi? Qachon suratga olinganini taxmin qilib koʻring.

Biz BBC O'zbekning Internet ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida ushbu fotosuratni eʼlon qildik va mushtariylarimizdan oʻz fikrlari va taxminlarini bildirishlarini soʻradik.

Ushbu tarixiy fotosurat soʻnggi ikki kunda eng koʻp tomosha qilingan, fikr bildirilgan va boʻlashilgan surat boʻldi.

Mana Odnoklassnikidagi sharhlarning ayrimlari:

Sanjar: Filmlarni eslatdi. 1960-1965 yillar bulsa kerak.

Kulpinisa xola saytda: Biza tarafda hozir ham bor. Shunday kiyinishadi qizlar birday boʻlib atlas adras doʻppilar kiyishadi, sochlari uzun-uzun. Toʻgʻri, avval qiz-juvonlar sochini yozib yurishmagan, mayda oʻrib pilik taqib yurishgan. Chunki sochga pilik taqmay yurish gunoh sanalib, "bir dona oʻrim sochi piliksiz qolsa, 40 yigitni oldi boylanadi, pilik sol sochga", deb urishishar edi momolarimiz.

XILOLA: Ajoyib davrlar edi.

nadi titi: Qaysi yil boʻlishidan qatʼi nazar odamlar sodda, aqlli, kibru-havosi yoʻq, mehr-muhabbatga toʻla, oqibatli boʻlgan !!!

M Ergasheva: Bizni xalqimizni eng yaxshi yashagan davri yaʼni Sovet davrining 60-chi va 70-chi yillarini eslatadi!

Amin Fatih: Yaqin yillarda ham bolishi mumkin masalan 1990-2000 orasi.

RAMIZJON: Rasm 1983 yil olingan

Rasmda Utmish. Shim kiymagan qizlar. Telni ok ni va uzgaga qaramagan ayollar tasvirlangan

Hozirgilarni kukragiyu ..... indamasa hamma joyini ochib yuradi 55% ga atalgan

Fikrimga qushilish shartmas buni hamma biladi......

BBC O'zbekning Facebookdagi sahifasida qoldirilgan izohlar:

Ismoil Habib: Oʻzbegimni haqiqiy ayollarini eslatadi!

Ramilya Sherova: 50-65 yillar boʻlsa kerak, chunki bolani qoʻlidagi soatchasi haqiqiy emas, bozorchalarda attorlar sotishardi. Meni bolaligim.

Lyalya Lyalya: 60 -70 yillar. Ota uyimizda shunga oʻxshash suratlarimiz juda koʻp.

Sayyora Tojiboyeva: Vuy sochlarini!

Jan Tairov: Oʻzbegim Millatim maning Gʻururim ....!

Sh Sh: Detskiy soat boʻlgan ekanmi oʻsha paytdayam?

Lyalya Lyalya: Ha, koʻchada shara-barachilarda boʻlardi. Shisha butыlkaga almashardik)))))

Endi BBCning fotoarxivida ushbu surat haqida saqlangan maʼlumotni siz bilan boʻlashamiz: Bu surat 1963 yil 27 iyun kuni tasvirga olingan. Sochini 39 ta qilib oʻrib olgan va anʼanaviy milliy kiyingan Oʻzbek ayoli bilagida soati bor oʻgʻil bolani qoʻlida koʻtarib bormoqda. (Photo by Weber/Three Lions/Getty Images)

Afsuski, fotosurat qaysi joyda olingani haqida maʼlumot saqlanmagan.

www.bbcuzbek.com web-sayti, BBC O'zbekning Facebook, Odnoklassniki, Twitter, Instagram va V Kontaktedagi sahifalarida "Kun surati"ni kuzatib boring!

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02