"Jaydari kelin" chegara osha tomosha koʻrsatdi

"Jaydari kelin" Image copyright BBCuzbek
Image caption "Jaydari kelin"

Oʻzbekistonning Muqimiy nomidagi teatri aktyorlari Oʻsh viloyatiga rasmiy gastrol safari bilan kelgan.

Ular kecha Qirgʻizistondagi yagona Bobur nomidagi Oʻzbek akademik musiqa-drama teatrida "Jaydari kelin" hajviy spektaklini va kontsert tomoshabinlarga namoyish etgan.

Bobur nomidagi teatrning prodyuseri Dilmurod Ishanovning soʻzlariga koʻra, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston Madaniyat vazirliklariga rasmiy xat yuborilib, uning ortidan Toshkentda uchrashuvlar oʻtkazilgan va natijada Muqimiy nomidagi teatr aktyorlarining ushbu safari tashkillashtirilgan.

Joriy yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Bosh vazirining muovini Adxam Ikromov boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻsh shahriga qilgan rasmiy safarida, oʻzbek taraf "Bobur" teatriga moddiy koʻmak koʻrsatishga tayyor ekanliklarini maʼlum qilgan.

Teatr tarixi

Image copyright BBCUZBEK
Image caption Tomoshabinlar

Oʻshdagi Bobur nomidagi akademik musiqa-drama teatri Markaziy Osiyodagi qadimiy teatrlardan biri boʻlib, u Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatridan keyingi oʻrinda turadi.

1914 yili Raxmonberdi Madazimov Oʻsh shahridagi rus-tuzem maktabining oʻqituvchilari bilan birgalikda teatr toʻgaragina tashkil etgan.

Teatr guruhining birinchi badiiy rahbari Madazimov Raxmonberdi Qirgʻiziston janubidagi teatr harakatining asoschi va tashkilotchisi boʻlgan.

1919 yili toʻgarak dramatik guruhga aylantirilgan.

Videolavha BBCUZBEK YouTube kanalida

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Bu mavzuda batafsilroq