Poytaxti Barselona boʻlmish Kataloniya Ispaniyadan ajralmoqchi

Ispaniyaning mashhur "Barselona" futbol klubi Kataloniya poytaxti Barselonada joylashgan Image copyright Reuters
Image caption Ispaniyaning mashhur "Barselona" futbol klubi Kataloniya poytaxti Barselonada joylashgan

Ispaniyaning Kataloniya hududi rahbari Karles Puchdemont poytaxt Madriddagi hukumatga itoat qilmagan holda 1 oktyabrda mustaqillik referendumi oʻtkazilishini eʼlon qildi.

Referendum savoli quyidagicha boʻladi: "Siz Kataloniya respublika shaklidagi mustaqil davlat boʻlishini xohlaysizmi?"

Ispaniya hozirda konstitutsion monarxiya sanaladi, Kataloniya esa uning eng badavlat hududlaridan biridir.

Ommaviy fikr soʻrovlariga koʻra, aksar katalan saylovchilar mustaqillikka rozi boʻlishmaydi, lekin koʻpchilik bunday referendum oʻtkazilishiga rozilar.

Madriddagi markaziy hukumat Kataloniyaning ajralib chiqishi konstitutsiyaga zid boʻlishini qayta-qayta taʼkidlagan.

Shunday ekan, eʼlon qilingan referendum boʻlib oʻtadimi yo yoʻqmi, bu nomaʼlum.

Image copyright Reuters
Image caption Kataloniya hududi rahbari Karles Puchdemont oʻz hududi mustaqil boʻlishini istaydi

2014 yil noyabrida Kataloniya natijalari majburiy boʻlmagan "konsultatsiya" saylovini oʻtkazdi va unda qatnashganlarning 80 foizi mustaqillikni yoqlab chiqdilar.

Lekin, unda 6,3 million saylovchining faqat 2,3 millioni qatnashgan.

Ispaniyaning Konstitutsion sudi bu saylovni noqonuniy deya rad qildi. Ammo, koʻp boʻlginchilar saylovni muhim nuqta deb tasvirlashdi.

2015 yilda Kataloniya millatchi partiyalari 135 oʻrinli mahalliy assambleyada aksar koʻpchilikni egallashga muvaffaq boʻldilar va mustaqillikka erishish yoʻlidagi jarayonni boshlashga kelishib oldilar.

Ispaniyaning mashhur "Barselona" futbol klubi Kataloniya poytaxti Barselonada joylashgan. Klub ham mustaqillik uchun referendum oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatlab chiqdi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02