BMT Bosh kotibi Karimov qabrini ziyorat qildi

Guterrish Image copyright Axborot

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Samarqandga tashrifi davomida Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilgan. Shundan soʻng qurib qolgan Orol dengizini borib koʻrgan.

Guterrish Karimov qabriga gul qoʻygan va uni xotirlagan.

"Axborot" dasturining aytishicha, BMT Bosh kotibi Islom Karimov nomini abadiylashtirish ishlarini "munosib baholagan".

BMT Bosh kotibiga hamkorlik qilgan Prezident Shavkat Mirziyoyev unga Samarqanddagi "Xalq qabulxonasi" faoltiyati bilan tanishtirgan.

Shundan soʻng BMT Bosh kotibi qurib borayotgan Orol dengizining Oʻzbekiston tomonidagi qismini koʻrish uchun Qoraqalpogʻistonning Moʻynoq tumaniga yoʻl olgan.

"Orol dengizining qurishi iqlim tufayli emas, suv resurslarining inson tomonidan notoʻgʻri boshqarilishi natijasida roʻy bergan", - degan Guterrish.

U barchani Orol fojiasidan toʻgʻri xulosa chiqarishga va ularning takrorlanmasligi uchun iqlim boʻyicha Parij kelishuviga butun xalqaro hamjamiyatni jalb qilishga chaqirgan.

Videoni tomosha qilish uchun YouTube kanalimizga boring

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02