Matador, qochqin va matematik - Frantsiyaning ehtimoliy deputatlari

Image copyright AP
Image caption Mari Sara, Erv Bervil, Sedrik Villanilar deputat boʻlib saylanishi kutilyapti.

Frantsiyada boʻlib oʻtgan parlament saylovlarining ilk bosqichi ortidan markazchi prezidenti Emmanuel Makronning partiyasi yirik farq bilan gʻalaba qozonishi kutilmoqda.

Bashoratlarga koʻra, Makronning "La République en Marche" partiyasi 577 oʻrinli Milliy assambleyada 445 oʻrinni qoʻlga kiritadi.

Frantsiyani shu vaqtgacha boshqarib kelgan Sotsialistlar partiyasi 200 oʻrinni qoʻldan boy berishi kutilmoqda.

Anʼanaviy partiyalar Makron parlamentni monopoliya qilib olmasligi uchun saylovchilarni Makronga raqib partiyalarni qoʻllab-quvvatlashga chaqirganlar.

Makron atigi bir yil avval oʻz partiyasini tuzgandi, va uning partiyasidan koʻrsatilayotgan nomzodlarning aksari siyosiy tajribaga deyarli yoki umuman ega emaslar.

Makron partiyasidan ilgari surilgan nomzodlar orasida sobiq matador ayol Mari Sara, ruandalik qochqin Erv Bervil, hamda oʻzining gʻayrioddiy kiyinish stili bilan tanilgan matematik Sedrik Villanilar bor.

Parlament saylovlarida kim gʻalaba qozongani kelgusi yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan yakuniy bosqichda hal boʻladi.

39 yoshli prezident Makron oʻtgan oy millatchi Marin Le Penni magʻlub qilib Frantsiya davlat rahbariga aylandi.

U endi oʻzi vaʼda qilgan oʻzgarishlarni amalga oshirishi uchun parlamentda aksar oʻrinlarni egallashi kerak.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02