JCh-2018, Eron-Oʻzbekiston: "Voh, shunga shunchami?.."

Soʻroq Image copyright Thinkstock

"A" guruhidan jahon chempionatiga toʻgʻridan-toʻgʻri dastlabki yoʻllanma taqdirini hal qilishi mumkin boʻlgan Tehrondagi bugungi uchrashuv bilan bogʻliq maxsus loyihamiz qator oʻquvchilarimizning eʼtiboridan chetda qolmagan.

Birlari hal qiluvchi oʻyinda Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga omad tilab qolgan boʻlishsa, boshqalari allaqachon kinoya va kesatiqqa ham oʻtishgan.

Batafsilroq videolavhamizda, nazardan qochirmang.

"Bu oʻyinni koʻrishdan oldin aptekaga chiqib, valerianka, validol, enam, degan dorilarni olib kelib, achchiq choyni damlab, xotin, bolalarni buvisinikiga haydab, keyin koʻrishni maslahat beramiz", - deb izoh qoldirgan, jumladan, "Albert Eynshteyn".

Davron Davronning yozishicha, "Hamma sportda umid yoki omad boʻlmaydi. Kim kuchli boʻlsa, oʻsha yutadi, bu - fakt".

"KUN VA TUN" esa, "Voh, shunga shunchami...", - deb boshlagan izohini "Hamma saytlarda shu gaplarmi. Asabni buzmay, oʻynamay qoʻyaqolsa, nima boʻlarkin? A "rasxod"ni aytmaysizlarmi, qancha morojenoyelarning xilidan a-aaa...", - deya yakun yasagan.

Ruslan Bahromov esa, "Hisob kamida 2:0 boʻlishi shart"ligi taʼqidlarkan, "yigitlarga omad", tilab qolgan.

BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Batafsilroq videolavhamizda, nazardan qochirmang.