Абдулазиз Карим яқинларига босимдан шикоят қилди
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Abdulaziz Karim yaqinlariga bosimdan shikoyat qildi

Taniqli xonanda Abdulaziz Karimning aytishicha, uning Turkiyadan Oʻzbekistonga qaytgan otasi 10 iyun kuni oʻzbek-qozoq chegarasida hibsga olingan.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Bu haqda xonanda oʻzining Facebookdagi sahifasida maʼlum qildi.

Abdulaziz Karimga koʻra, oʻzbek chegarachilari uning 76 yoshli otasini "chegarani buzish" va "josuslik"da ayblashgan.

Qoʻshiqchining BBCga maʼlum qilishicha, hozirda otasi Sirojiddin Karimov qoʻyib yuborilgan, ammo unga nisbatan jinoiy tekshiruv olib borilmoqda.

Abdulaziz Karim 2015 yildan buyon Turkiyada yashab, ijod qiladi.

Uning 2016 yilda Turkiya fuqaroligini qabul qilishi oʻzbek rasmiylarining noroziligiga sabab boʻlgan.

Buning ortidang Abdulaziz Karim Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvonidan mahrum etilgani va qoʻshiqlarining taqiqlagani xabar qilingan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.