Aleksey Navalniyni 30 sutkaga qamashdi

Image copyright Smirnov Vladimir/TASS
Image caption Aleksey Navalniyni 30 sutkaga qamashdi

Muxolifatchi Aleksey Navalniy ommaviy tadbirlar oʻtkazishga doir qonunni takroran buzishda ayblanib, 30 kunlik qamoq jazosiga loyiq topilgan.

Navalniyning himoyachilari mahkama hukmidan arz qilishgan.

Dushanba kuni Rossiya boʻylab milliy bayram kechgan, ayni paytda yirik shaharlarda norozilik namoyishlari boʻlib oʻtgan.

Image copyright EVGENY FELDMAN FOR "THIS IS NAVALNY" PROJECT
Image caption Hibslar

Namoyishlarda mingdan ortiq kishi hibsga olingani xabar qilinmoqda.

Aleksey Navalniy esa oʻz uyidan chiqishi bilan ushlangan.

AQSh prezidentining matbuot kotibi Shon Spayser Moskvani "zudlik bilan tinch namoyishchilarni ozod qilishga" chaqirgan.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02