Oʻzbekiston nimalarni koʻzlayapti?

Muxlis Image copyright EPA

2018 yilda Rossiya mezbonlik qilajak bu galgisi - futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy termasi Osiyodan chiqishni koʻzlayotgan oltinchi jahon chempionati boʻladi.

Oʻzbekiston oʻzining imkoniyatlarini ilk bor Frantsiya mezbonlik qilgan 1998 yilgi jahon chempionati saralash bosqich bellashuvlaridan boshlagan.

Orada ikki bor Osiyo qitʼasi saralash bosqich bellashuvlarining pley-off bosqichigacha koʻtarilishga muvaffaq boʻlgan.

Ammo milliy terma jamoaga halicha jahon chempionatiga chiqish sharafi nasib etmagan.

Tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasining oʻtgan chorak asr vaqt davomida xalqaro turnirlarda qayd etgan eng yuksak natijasi esa, 1994 yilgi Osiyo Oʻyinlariga toʻgʻri keladi.

Jamoa oʻshanda Yaponiya mezbonlik qilgan Oʻyinlarning gʻolibiga aylangan, debьyutant boʻlib, erishgan bu yutugʻi katta shov-shuvlarga sabab boʻlgan.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston oʻz tarixida ilk bor 2011 yilgi Osiyo Kubogining yarim finaligacha koʻtarilgan, qitʼaning eng kuchli toʻrt milliy terma jamoasi safidan oʻrin olgan.

Taʼkidlash joiz, hatto shunda ham, Oʻzbekiston jahon chempionati saralash bosqich bellashuvlari va Osiyo Kubogida bu kabi natija qayd eta olgan yagona Markaziy Osiyo davlati boʻladi.

Boshqa tomondan, xuddi shu vaqt oraligʻida Osiyodan jahon chempionatiga chiqishga muvaffaq boʻlayotgan toʻrt milliy terma jamoa - asosan Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron va Avstraliya kabi qitʼa va dunyoning "oʻziga toʻq", rivojlangan davlatlari vakillari boʻlib kelishgan.

Shunday ekan, Oʻzbekistonning oʻz oldiga takror va takror qoʻyib kelayotgan jahon chempionatiga chiqish orzusi va maqsadini qoʻl yetmas, deyish qanchalik toʻgʻri boʻladi?

BBC Oʻzbek Xizmati Eronga qarshi magʻlubiyat ortidan, Toshkentdan Oʻzbek futboli afsonasi, taniqli murabbiy Birodar Abduraimov bilan bogʻlandi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02