Manzura Sobchakka qanday munosabat bildirishni tavsiya qildi

Foto Manzuraning Instagram sahifasidan olindi. Image copyright Instagram/manzura-singer
Image caption Foto Manzuraning Instagram sahifasidan olindi.

Shu kunlarda Rossiyaning taniqli teleboshlovchisi Kseniya Sobchakning muxolifatchi Aleksey Navalniy bilan intervyusi chogʻida Oʻzbekiston haqida aytilgan soʻzlar koʻplab oʻzbekistonliklarning gʻazabiga sabab boʻlmoqda. Sobchak va Navalniy Oʻzbekistonda Pushkinni bilmasliklarini aytishar ekan, koʻplar nazdida bunda oʻzbekistonliklar maʼrifat va madaniyatdan yiroqdek namoyon boʻlgan.

Xonanda Manzura ham oʻz Instagram sahifasida bu vaziyatga fikrni izhor qildi va rus tilida jumladan quyidagilarni yozdi:

"Markaziy Osiyo - jannat (deb aytgan Paygʻambar s.a.v) chunki Muqaddas Qurʼonni oʻqitgan va Yaratgan tanlagan barcha odamlar aynan mana shu hududda boʻlganlar va boʻladilar... Paygʻambar (s.a.v)dan Islomning maʼnosi soʻralganda, u birinchi oʻrinda Madaniyat deya javob bergan... Men, albatta, Kseniya bizning shaʼnimizga yaxshi gaplarni aytmaganiga qoʻshilaman, lekin biz Yaratgan tanlagan insonlarga loyiq avlodlardek oʻzimizni tutishimiz kerak. Bu muqaddas Ramazon kunlarida haqoratga haqorat bilan javob berish yaxshi oʻrnak emas".

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02