Mashhur oshpazsiz, ammo roʻzadorsiz, nima qilasiz?

Palov Image copyright facebook

Ramazon oyi...Oshxonada ish qaynagan, qoʻlingiz qoʻlingizga tegmaydi, xoʻrandalarning esa, keti uzilmaydi.

Suhbat tafsilotlari videolavhamizda - nazardan qochirmang.

Bir qozonda palov, boshqasida qozonkabob, yana birida shoʻrva, qoʻrda hidlari dimoqlarni qitiqlovchi kabob, tandirlarda esa, non va somsalaringiz qizarib qolgan...

Hammayoqni xilma-xil taomlarning hidi tutib ketgan.

Siz esa, ana shu mashhur restoranning Bosh oshpazisiz, ammo hamma qatori Ramazon oyida roʻza ham tutgansiz...

Shunday ekan, nima qilasiz?

Biz xuddi shunday savol bilan oʻzbekistonlik taniqli va isteʼdodli oshpaz, "Chustiy cuisine" restoranlar tarmogʻi rahbari, Oshxona.uz sayti bloggeri va asoschisi Bahriddin Chustiyga murojaat qildik.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02