London gʻarbida yongʻinda qurbonlar bor

Qurbonlar soni ortishi kutilmoqda Image copyright PA
Image caption Qurbonlar soni ortishi kutilmoqda

London Yongʻindan saqlash xizmatiga chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan 00:54 da turar-joy binosidagi yongʻin haqida maʼlumot kelib tushgan.

Videoni tomosha qiling

24 qavatli Grenfell Tower Shimoliy Kensington mavzeʼsidagi Latimer-roudda joylashgan.

Bino 2-qavatdan oxirgi qavatigacha yonmoqda.

Rasmiylarga koʻra, yongʻin boshlangan vaqtda binoda 600 ga qadar odam boʻlgan boʻlishi mumkin.

50 kishi shifoxonaga yotqizilgan, ularning jarohati qanchalik jiddiyligi nomaʼlum.

Oʻt oʻchiruvchilarga koʻra, halok boʻlganlar bor, ammo ularning aniq soni maʼlum emas.

Guvohlarning aytishlaricha, odamlar uylarning ichkarisidan yordam soʻrab, ishora berishgan.

Image copyright AFP/NATALIE OXFORD
Image caption 24 qavatli bino

Voqea joyida 200dan ortiq oʻt oʻchiruvchilar bor.

20 dan ortiq tez tibbiy yordam mashinalari bino oldiga yetib borgan.

Yongʻin sababi aniqlanganicha yoʻq.

London hokimi Sodiq Xon yongʻinni "favqulodda hodisa" deb atagan.

Mahalliy yashovchilarga koʻra, bino yaqinda taʼmirdan chiqqan.

Grenfell Tower 1975 yilda qurilgan, unda 130 ta xonadon bor.

Ayrim qoʻshni binolardagi yashovchilar evakuatsiya qilingan.

Hodisa joyiga yaqin maktab va sport klublarida yordam markazlari tashkil etilgan.

Videoni tomosha qiling

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02