"Babayan ketsin"mi?

Babayanning isteʼfo talablari kuchaymoqda Image copyright HASAN PIRMUHAMEDOV XXFOTO
Image caption Babayanning isteʼfo talablari kuchaymoqda

Babayanning isteʼfo talablari kuchaymoqda. Oʻzbekistondagi eng nufuzli futbol saytlaridan UFF.uz, maydon.uz, hamda Kun.uz, Qahramon Aslanov kabi sharhlovchilar va koʻplab ishqibozlar Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi Samvel Babayanning isteʼfosini talab qilishmoqda.

"Kechagi Qatar taqdim etgan imkoniyatdan keyin barchasi oʻzgardi. Endi futbol ishqibozi va jurnalistlarini ushlab qolib boʻlmaydi. Hozir chora koʻrish kerak. Hozir Babayan ketishi kerak. Agar hozir Babayan ketmasa, saldan keyin uni ushlab turganlar aniq ketadi", - deb yozilgan UFF.uz sayti bayonotida.

Bayonotda hatto futbolning abgor ahvoli "xalq orasida noroziliklar"ga sabab boʻlayotgani aytiladi.

"Ha, hozir Samvel Babayan ketish kerak. Uning oʻzi ariza yozishi va tinchgina lavozimini topshirishi shart. U kuchsiz! Undagi saviya JChga chiqish uchun yetmaydi. Uni faqat bitta sababga koʻra ushlab turishlari mumkin: moddiy manfaat. Boshqa sabab yoʻq", - deyiladi bayonotda.

Saytning yozishicha, Oʻzbekiston prezidenti ham oʻzgarish tarafdori.

"Oʻtgan yili oʻzbek futbolini tanqid qilganimiz uchun saytimizga chora koʻrishgandi. Endi choʻchimaymiz, sababi ortimizda yonimizni oladigan Prezidentimiz turibdilar. Xalqimiz turibdi! Umid qilamiz, nolalarimiz Oʻzbekiston rahbariyatiga yetib boradi".

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02