Ўзбекистонликлар Навальнийга жавоб беришди
Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Video - Oʻzbekistonliklar Navalniyga javob berishdi

Oʻzbekistonliklar Aleksey Navalniyning "Oʻzbekistonda Pushkinni bilishmaydi" degan soʻzlariga javob qaytarishgan.

Video lavhalarimizni YouTube kanalimizda ham tomosha qiling.

Facebookda bolalar va kattalar Pushkin sheʼrlarini oʻqigan videolar joylashtirilgan.

Pushkinxonlar Toshkentda shoir nomidagi koʻcha, xiyobon, maydon va yodgorlik borligini ham eslatganlar.

Toshkentliklar Sobchak va Navalniyni Oʻzbekistonga taklif etib, oʻzbeklarning mehmondoʻstligi va bagʻrikengligini oʻz koʻzlari bilan koʻrishga daʼvat etganlar.

Ijtimoiy tarmoqlarda fleshmobga munosabatlar turlicha.

Faraz qilinglar, rus bolachalar Navoiy gʻazalini aytyapti, Navoiyni oldida Pushkin "oʻquvchi-da"))

Ammo "oʻzbeklarning bundan boshqa muammosi yoʻqmi?" deyayotganlar ham bor.

Avvalroq oʻzbekistonliklar rossiyalik muxolifatchi va Alisher Usmonov bahsida milliarder hamyurtlarining tarafini olishgandi.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
  • BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.