Videodastur - "Odamlar hatto oʻz farzandini sotishga tayyor..."

Afgʻon bolalari Image copyright AFP

Afgʻonistonda chuqur ildiz otgan qashshoqlikka barham berish uchun Jahon Banki yangi tashabbus bilan chiqqan.

Katta sondagi nochor aholining ahvolini oʻnglash uchun bu gal yarim milliard dollardan ortiq moliyaviy koʻmak berishga vaʼda qilgan.

Xuddi shu yordami doirasida Afgʻonistonning qator shaharlarini obod qilish, elektr taʼminotini yaxshilash, qishloq joylarida yangi yoʻllar qurish va xususiy sektorni taraqqiy toptirish rejasida ekanini bildirgan.

Oʻtgan 16 yil davomida berilgan bir necha oʻn milliard dollarlik moliyaviy koʻmaklarga qaramasdan, bugun ham urushlar ichidagi Afgʻoniston aholisining uchdan bir qismi oʻta nochorlikda hayot kechiradi.

Ishsizlik esa, nochorlik, xavfsizlik va korruptsiya bilan bir qatorda bugun ham Afgʻoniston qarshisida turgan toʻrtta eng asosiy va dolzarb muammodan bittasi boʻladi.

Tahlilchilar nazdlarida ayni shu muammolar allaqachon Afgʻonistonda isyonchilikni yanada olovlantirayotgan muhim omillarga ham aylanib ulgurgan.

Mavjud holat esa, soʻnggi yillarda shundoq ham xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyat jiddiy izdan chiqib borayotgan Afgʻonistonning bu yaqin kelajakdagi taqdiri borasida jiddiy xavotirlarni paydo qilmay qoʻymagan.

Shunday ekan, berilayotgan shuncha katta miqdordagi xalqaro moliyaviy koʻmaklarga qaramasdan, mahalliy jurnalist tinglovchimiz aytmoqchi, Afgʻonistonda odamlar nochorlik bois, hatto, oʻz farzandlarini sotishgacha borishmoqda?

Tafsilotlari bu haftalik "Soʻz Sizga" dasturimizda - nazardan qochirmang.

  • BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqalibogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02